X. TEXNIKUMNING LAVOZIM VAZIFALARI
1-§. Direktor
| t/r | Lavozim nomi | MMSK bo'yicha kodi | Xodimlar toifasi | Ta'limning eng past darajasi |
|---|---|---|---|---|
| 647 | Direktor | 1319 | Boshqaruv | O/M |
Lavozim vazifalari:
- O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonun osti hujjatlarining to'liq va sifatli bajarilishini ta'minlash;
- Kasb-hunar maktabi faoliyatiga, pedagogik kengashga rahbarlik qilish hamda u bilan birgalikda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, ta'lim sifatini yaxshilashning asosiy yo'nalishlarini belgilash;
- Kasb-hunar maktabining ta'lim faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Umumta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta'lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida ta'lim jarayonini kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshirish;
- Mehnat qonunchiligi hamda jamoada sog'lom ma'naviy-ijodiy muhitni shakllantirish bo'yicha faoliyat yuritish;
- Kasb-hunar maktabining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlash, ish rejalarini va o'qituvchilar tomonidan o'quv rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
- Ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga bo'lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo'lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash;
- O'quvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirish, o'quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qo'llanishiga rahbarlik qilish;
- Kasb-hunar maktabining resurslarini boshqarish;
- Vakolat doirasida moliyaviy va xo'jalik masalalarini hal etish, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablag'larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta'minlash.